5-iyun kuni O‘zbekiston SOS Bolalar mahallalari uyushmasi hamda «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro nodavlat xayriya jamg‘armasi tomonidan Ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmati benefitsiarlari uchun bolalar salomatligini mustahkamlash va oilalarning profilaktika hamda sog‘lom turmush tarzi masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar jismoniy salomatlik mavzusidagi treningda qatnashishdi, shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va tor mutaxassislardan maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa oilalarga shifokorlardan malakali tavsiyalar olish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topish hamda bolalar salomatligiga oid muhim masalalarga alohida e’tibor qaratish imkonini berdi.


